• Shaxsiy kabinet
  • Ustama haq belgilash testi
  • Chet tilini bilish darajasi testi
  • kabinetga kirish

CHET TILINI BILISH VA EGALLASH DARAJASINI BAHOLASH BOSHQARMASI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-son qaroriga muvofiq Davlat test markazi tarkibida Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi tashkil etildi. Boshqarma tarkibida uchta bo‘lim: Chet tillarni bilish darajasining pedagogik o‘lchovlarini rivojlantirish, Chet tillarini bilish darajasini baholashning texnik-dasturiy ta'minotini rivojlantirish, Test sinovlarini tashkil etish va malaka sertifikatlarini berish bo‘limlari tashkil etildi. Boshqarmaning asosiy vazifasi – xalqaro e'tirof etilgan standartlarning talablariga muvofiq chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimini ishlab chiqish va joriy qilishdan iborat.

Yangiliklar

Hurmatli chet tili o‘qituvchilari

21-01-2020 Hits:166 Yangiliklar Administrator - avatar Administrator

Chet tili o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun gapirish ko‘nikmasi bo‘yicha test sinovlari 2020-yil 28-30-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. Talabgorlar ko‘rsatilgan vaqtdan 30 daqiqa oldin kelishi talab etiladi. Talabgorlar test sinoviga...

Read more

Chet tilini bilish va egallash darajasin…

18-01-2020 Hits:258 Yangiliklar Administrator - avatar Administrator

Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi veb-saytining manzili http://nsfla.uz/ dan http://nsfla.dtm.uz/ ga o‘zgardi. Endilikda sayt http://nsfla.dtm.uz/ manzili ostida faoliyat yuritadi. Foydalanuvchilar o‘z shaxsiy kabinetlariga http://nsfla.dtm.uz/ orqali kirishlari mumkin.

Read more

E’LON

14-01-2020 Hits:81 Yangiliklar Administrator - avatar Administrator

2020 yil yanvar  oyi uchun "online" ro’yxatdan o’tib, hujjatlarini Davlat test markazi va uning hududiy bo’limlariga topshirgan talabgorlar uchun Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo’yicha test sinovlarining yozma (tinglab tushunish...

Read more
A A A

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so‘l tomonida bug‘doy boshoqlari, O‘ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat.

Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug‘ ramzidir.

Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.

Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.

Custom

Boshqarma haqida

Сhet tillini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi tashkiliy tuzilmasi

  • Chet tilini bilish darajasining pedagogik o‘lchovlarini rivojlantirish bo‘limi
  • Chet tilini bilish darajasi bo'yicha sivov natijalarini hisoblash va sertifikat berish bo'limi

batafsil