• Shaxsiy kabinet
  • Ustama haq belgilash testi
  • Chet tilini bilish darajasi testi
  • kabinetga kirish

CHET TILINI BILISH VA EGALLASH DARAJASINI BAHOLASH BOSHQARMASI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-son qaroriga muvofiq Davlat test markazi tarkibida Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi tashkil etildi. Boshqarma tarkibida uchta bo‘lim: Chet tillarni bilish darajasining pedagogik o‘lchovlarini rivojlantirish, Chet tillarini bilish darajasini baholashning texnik-dasturiy ta'minotini rivojlantirish, Test sinovlarini tashkil etish va malaka sertifikatlarini berish bo‘limlari tashkil etildi. Boshqarmaning asosiy vazifasi – xalqaro e'tirof etilgan standartlarning talablariga muvofiq chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimini ishlab chiqish va joriy qilishdan iborat.

Yangiliklar

Hurmatli chet tili o‘qituvchilari

21-01-2020 Hits:167 Yangiliklar Administrator - avatar Administrator

Chet tili o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun gapirish ko‘nikmasi bo‘yicha test sinovlari 2020-yil 28-30-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. Talabgorlar ko‘rsatilgan vaqtdan 30 daqiqa oldin kelishi talab etiladi. Talabgorlar test sinoviga...

Read more

Chet tilini bilish va egallash darajasin…

18-01-2020 Hits:258 Yangiliklar Administrator - avatar Administrator

Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi veb-saytining manzili http://nsfla.uz/ dan http://nsfla.dtm.uz/ ga o‘zgardi. Endilikda sayt http://nsfla.dtm.uz/ manzili ostida faoliyat yuritadi. Foydalanuvchilar o‘z shaxsiy kabinetlariga http://nsfla.dtm.uz/ orqali kirishlari mumkin.

Read more

E’LON

14-01-2020 Hits:82 Yangiliklar Administrator - avatar Administrator

2020 yil yanvar  oyi uchun "online" ro’yxatdan o’tib, hujjatlarini Davlat test markazi va uning hududiy bo’limlariga topshirgan talabgorlar uchun Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo’yicha test sinovlarining yozma (tinglab tushunish...

Read more
A A A

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari O‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an'analarini o‘zida mujassamlashtiradi.

Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi. 
Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg‘uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsoli.

Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi. 
Qizil chiziqlar – vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.

Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an'analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham. 
Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an'analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning O‘n ikki yulduzga bo‘lgan e'tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.

Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

Custom

Boshqarma haqida

Сhet tillini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi tashkiliy tuzilmasi

  • Chet tilini bilish darajasining pedagogik o‘lchovlarini rivojlantirish bo‘limi
  • Chet tilini bilish darajasi bo'yicha sivov natijalarini hisoblash va sertifikat berish bo'limi

batafsil